Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
ANONS: PEDOFILIYA yoxud himoyasiz qolgan bolalar huquqi (+video)
16:28 / 2023-09-22

Ma’lumotlarga ko‘ra, jinsiy daxlsizlikka qarshi jinoyatlarni faqatgina pedofillik buzilishi bo‘lgan insonlar sodir etmaydi.

Bolalar nomusiga tegish bilan bog‘liq aksariyat jinoyatlar 80-90% uyda sodir bo‘ladi, zo‘ravonlar esa akalar, o‘gay otalar, oila do‘stlari va hatto o‘z otalari ham bo‘lishi mumkin. Bu kabi jinoyatlarning aksariyati vaziyatga bog‘liq holda ro‘y beradi, ya’ni odamda bolalarga nisbatan kuchli mayl bo‘lmaydi, ammo eng qulay va qo‘l ostidagi himoyasiz qurbon sifatida "bola" tanlanar ekan. Demak, farzandlarimiz har tomonlama himoyani his qilishi juda muhim. Bizda himoya bo‘yicha ham muammolar yetarli...

Qanchalik ko‘p qoralanmasin bolalarga nisbatan zo‘ravonliklar, xususan, pedofiliya hamon sodir bo‘lishda davom etmoqda. Dasturda pedofiliya uchun qonunchilikda belgilangan jazo va uni kuchaytirish orqali bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikni oldini olish imkoniyatlari haqida advokat Davron Tadjiyev, oilaviy shifokor Dilshod Tursunov va Oliy Majlis deputati Dilbar Mamajonova munosabat bildirishdi.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan tayyorlangan ushbu suhbatni tez orada saytimizda ko‘rishingiz mumkin. Bizni kuzatishda davom eting.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/OWY9_w3Q8fE" title="ANONS: PEDOFILIYA  yoxud himoyasiz qolgan bolalar huquqi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, I.Ismatov (video), O‘zA