Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
ANONS: Globalizatsiya davrida tafakkurlar to‘qnashuvi…(+video)
15:07 / 2024-01-09

Bugun fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidanda dolzarb ahamiyatga ega. Xalqimiz tarixiy taraqqiyotida g‘oyalar, mafkuraviy ziddiyatlar, inson idroki nazorati uchun qarama-qarshiliklar ko‘p uchragan. Bu kurash nafaqat yurtimizda, balki dunyoda ham ko‘p bora kuzatilgan va xorijiy davlatlarda mafkura masalasida ilmiy tadqiqotlar olib borilgan.

Bugungi kunda jamiyatimizda transformatsiya, ayniqsa, mafkuraviy transformatsiya tushunchalari keng qo‘llanilmoqda. Bu jarayonlar haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish juda muhim.  

Hozirgi davrda jamiyatimiz uchun mafkuraviy tahdidlar mavjudmi, nima uchun biz bunday tahdidlarni bir qarashda sezmaymiz? Istiqbolda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mafkuraviy asoslari va uni rivojining zamonaviy tendensiyalarini qanday  yo‘ldan ketadi?  

Ushbu savollarga javob topish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti dotsenti Davlat Mamatqulov bilan suhbatlashdik.  

Suhbatni o‘tkazib yubormang!  

Bizni kuzatishda davom eting.  

<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/xBJjDAA6MJM" title="ANONS: Globalizatsiya davrida tafakkurlar toʻqnashuvi…" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

S.Toshpo‘latov, A.Ahmedov, O‘zA