Anons: Energiya muammosini yechish uchun olimlar fikriga suyanish kerak (+video)
Bugungi kunda yurtimizda energiya tejamkorligi mavzusi dolzarb bo‘lib kelmoqda. Ayniqsa, o‘tgan yilgi anomal sovuq an’anaviy energiya resurslaridan oqilona foydalanish va qayta tiklanuvchi energiya manbalari har qachongidan ham qadrli ekanini eslatib qo‘ydi.
Xo‘sh, ushbu sohadagi muammolarning oldini olish bo‘yicha olimlar qanday tadqiqot ishlarini olib bormoqda? Tadqiqot ishlari hayotga qay darajada tatbiq etilyapti? Bu borada yangi loyihalar bormi?
Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri, texnika fanlari nomzodi, professor Bahromjon Rasaxo‘jayev bilan mavzu yuzasidan tayyorlangan suhbatni tez orada O‘zAning barcha tarmoqlarida ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/RTY4nc9vDTI" title="Anons: Energiya muammosini yechish uchun olimlar fikriga suyanish kerak" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>