Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Anons: 28-29 mart kunlari Toshkentda “O‘zbekistonning eksport salohiyatini oshirish. Sifat infratuzilmasi va mahsulotlarni halqaro standartlarga muvofiqligini baholash” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi
13:13 / 2018-03-27

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya “O‘zstandart” agentligi tomonidan tashkil etilmoqda.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya “O‘zstandart” agentligi tomonidan tashkil etilmoqda.

Agentlik axborot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra anjumanga Xalqaro moliya korporatsiyasi, BMT taraqqiyot dasturi, Germaniya fizika-texnika instituti, Turk standartlari instituti, Halqaro savdo markazi, BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik tashkiloti, Germaniya halqaro xamkorlik jamiyati kabilarining xalqaro ekspertlari va boshqa mutaxassislar taklif etilgan.

Xalqaro konferensiyaning maqsadi mahalliy sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishni barqaror va izchil rivojlantirish, eksportni kengaytirish uchun aniq chora-tadbirlar va yo‘l xaritalari ishlab chiqish, mahsulotlarning sifatini yaxshilashga qaratilgan vazifalarni hal qilish va o‘zbek tadbirkorlariga tashqi bozorda raqobatbardosh bo‘lishlari uchun yordam berishdir.

Xalqaro konferensiyaning kun tartibi “O‘zstandart”ning rasmiy saytida havola qilingan.