Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Anomal sovuqni "sindirgan" lar: ularning mehnati jasoratdir...
12:21 / 2023-01-11

Mana, o‘sha kutilgan anomal sovuq keldi. Sovuq bo‘lganda-yam Sibirniki kabi. Odamning yuzini "chimchilaydi"," yulib olaman", deydi. Atrof qorga burkangan. Yo‘llar shisha kabi...

Sovuq himoyalanishning davosi issiqqina uyda o‘tirish,  kitob o‘qish, ijtimoiy kanallarni titkilash.

Bu yaxshi, biroq bugungi kunda uyni isitish, kitob o‘qish yoki internetda «sayr» qilish uchun albatta elektr bo‘lishi lozim. Ko‘zga ko‘rinmas ushbu «matoh» - tok bo‘lmasa, hammasi bekor...

Elektr energiyasini ishlab chiqish, tokni turli kuchlanishlarga o‘zgartirib uzatish turish, olis-olislardagi xonadonlarga uzluksiz yetkazib berish oson emas.  Buning zahmatini ko‘pchilik bilmaydi.

Aslida, har bir qadamimiz, har bitta quvonchimizda energiya tizimi vakillari mehnatini his qilib turishimiz kerak. Birgina misol,  qo‘l telefoningizda quvvat tugadi, ishlamayapti, elektr esa yo‘q, xunob bo‘lishingiz aniq.  

Islohotlar shiddatini qarang,  millionlab xorijliklar qishloq va shaharlarimizdagi o‘zgarishlarga guvoh bo‘lmoqda. Yuzlab davlatlar mas’ullari ishtirokida katta-katta tantanalar o‘tkazilmoqda. Bularning barchasida energiya tizimi xodimlarining xizmati sezilib turadi.  Ulkan saroylarni charog‘on qilib turgan minglab chiroqlarning bittasi kuysa, elektrga mas’ul shaxsning tinchi buziladi.

Har bayramda ko‘plab kasb egalari navbatchilik qilishadi. Aksariyat paytda bunday kunlarda sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarining xizmati yodga olinadi.

Vaholanki, energiya tizimi xodimlari tunu kun ishlashadi. Negaki, elektr yetkazish uzluksiz jarayondir. Tok bo‘lmasa, hamma, kasal odam ham, sog‘ inson ham, hatto, shifokorlar ham qiynalishadi. Farqi shuki, bu soha vakillarining mehnati xuddi o‘zlari yetkazib berayotgan tok kabi ko‘zga oshkor ko‘rinib turmaydi.  Energiya tizimi xodimlari mehnatini ko‘z bilan ko‘rish, qalbdan his etish kerak.

Bir necha kundirki, yurtimizda anomal sovuq kezmoqda. Qorning qalinligidan daraxtlar singan, simyog‘ochlar qulagan, simlar uzilgan, kutilmagan kuchlanish tufayli transformatorlar ishdan chiqqan...

Bularni ko‘rib, sezib turibmiz. Ammo kechalari qahraton sovuqda simyog‘ochga chiqib, uzilib qolgan simlarni ulagan, qorga ko‘milib turgan transformatorlarni ta’mirlayotgan, ko‘chama-ko‘cha tizza bo‘yi qor kechib nazorat qilib yurgan yurtdoshlarimiz mehnatini qadrlashni unutamiz.

Axir, shu oddiy insonlar uyimizni issiq, xonadonimizni charog‘on qilish istagida tinim bilmayapti. Ularning mehnati jasoratdir...

 

R.Husainova, 

Sudyalar Oliy maktabi tinglovchisi,

yuridik fanlar nomzodi