Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Anomal sovuqda qahramonlik ko‘rsatgan suvsozlar taqdirlandi (+video)
09:26 / 2023-01-30

Obodonlashtirish, gaz, elektr va suv ta’minoti singari kommunal xizmat ko‘rsatish idoralarining zahmatkash ishchi-xodimlari sovuqni-sovuq demay, zimmasidagi vazifani sidqidildan bajarib, ko‘pchilikning hurmatini qozonmoqda.

Kasaba uyushmalari tomonidan ana shunday fidoyi kasb egalarining mehnat muhofazasi, ish jarayonidagi shart-sharoitlaridan boxabar bo‘lish hamda ularni munosib rag‘batlantirishga alohida e’tibor ko‘rsatilmoqda.

Chunonchi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining Namangan viloyati kengashi mehnat-texnik, mehnat-huquq inspektorlari hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislari jamoatchilik nazorati asnosida xodimlarga yaratilayotgan sharoitlar, ularga maxsus kiyim-bosh, shaxsiy himoya vositalari, ovqatlanish va maishiy sharoitlar yaratilganligi hamda xavfsizlik texnikasi me’yorlariga rioya qilinishi holati obdon o‘rganilmoqda.

bugungi kunda iste’molchilarga toza ichimlik suvini yetkazib beruvchi «Namangan suv ta’minoti» mas’uliyati cheklangan jamiyatida ayni paytda 592 ta suv inshooti, xususan, 543 ta suv olish, 49 ta suv uzatish va tarqatish inshooti hamda 5836,2 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari mavjud.

Tasdiqlangan jadvalga asosan jamiyat bo‘yicha kuz-qish mavsumida tizimning barqaror ishlashi uchun viloyat shtabi hamda favqulodda holatlar uchun «Avariya holatlarini bartaraf etish» shtabi tuzilgan. Ayni vaqtda mavjud 23 ta avariya holatini bartaraf etish guruhi tarkibida 251 ishchi va ularga 46 ta maxsus texnika vositasi safarbar etilgan. Bundan tashqari, zarur vaziyatlarda aholiga 20 ta maxsus transport vositasi orqali ichimlik suvi yetkazib berilmoqda.

Yurtimizda o‘tgan hafta kuzatilgan anomal sovuq tufayli yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etishda kommunal soha xodimlari kunu-tun ishlashdi. Qishning qahratonida o‘z ishini fidoyilik bilan davom ettirgan qahramonlar mehnati aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, olqishlarga sazovor bo‘ldi.

Ayniqsa, «Namangan suv ta’minoti» MCHJ Namangan shahar bo‘limi avariya-tiklash xizmati xodimlarining viloyat markazidagi «Dashtbog‘» MFY To‘raqo‘rg‘on ko‘chasida joylashgan diametri 500 millimetr bo‘lgan ichimlik suvi tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlikni izg‘irin haroratga qaramay bartaraf etishda ko‘rsatgan katta matonati tahsinga loyiq.

O‘z «posti»da alohida fidokorona mehnat qilgan suvsozlar navbatdagi ish jarayonida Kasaba uyushmalari federatsiyasi Namangan viloyati kengashi tomonidan munosib rag‘batlantirilib, ularga dam olishi va salomatligini tiklash maqsadida Xorazmga sayohat hamda Kosonsoy sihatgohiga bepul yo‘llanmalar berildi.

<iframe width="1280" height="721" src="https://www.youtube.com/embed/uM-Glf9XAaw" title="Аномал совуқда қаҳрамонлик кўрсатган сувсозлар тақдирланди" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA