Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Anomal sovuq kunlarida MTTlarning faoliyat yuritish, yuritmasligini ham hudud hokimliklari belgilaydi
10:41 / 2023-01-11

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoniga asosan joriy yilning 10-18 yanvar kunlari respublika bo‘ylab barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari vaqtincha ta’tilga chiqqan edi.

Mazkur e’lon qilingan qo‘shimcha ta’til kunlarida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati hudud hokimliklari zimmasiga yuklatildi. Bunda hudud hokimiyati maktabgacha ta’lim tashkilotining isitish tizimi, shuningdek, yana boshqa sharoitlarni inobatga olgan holda tashkilotning faoliyatiga ruxsat beradi yoki aksincha, 18 yanvargacha uning faoliyatini to‘xtatadi.  

Eslatib o‘tamiz, beriladigan qo‘shimcha ta’til davrida MTTda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar uchun ish haqi to‘lovlari amaldagidek saqlanib qoladi.  

Davlat tashkilotlari hamda muassasalarida ishlayotgan bog‘cha yoshidagi (3-7 yosh) farzandi bor ayollarga oylik maoshi kamaytirilmagan tarzda, ish vaqtining qisqartirilgan muddatini belgilagan holda sharoit yaratiladi.  

 

O‘zA