Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Anomal issiq sababli elektr energiyaga bo‘lgan talab eng yuqori darajaga chiqdi
14:14 / 2022-07-26

O‘zbekiston Respubpublikasi Energetika vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi Elmira Bekmurodova o‘tgan hafta davomida elektr energiyasiga bo‘lgan talab eng yuqori iste’molni tashkil qilgani haqida ma’lumot berdi.

-O‘tgan hafta davomida anomal issiq havo harorati sababli tabiiy ravishda elektr energiyasiga bo‘lgan talab eng yuqori  bo‘ldi, -dedi u. - Jumladan, respublika bo‘yicha o‘tgan yoz mavsumida havo haroratining eng yuqori, sutkasida 224 million kilovatt-soat elektr energiyasi iste’mol qilingan bo‘lsa, joriy yilning 22 iyul kuni eng yuqori iste’mol qayd etilib, 237 million kilovatt-soat yoki 6 foizga ko‘pni tashkil qildi.

Xususan, Toshkent shahrida iste’mol tarixiy ko‘rsatkichga yetib, odatda kuz-qish mavsumida yuqori bo‘ladigan iste’moldan ham ortdi. Ya’ni, o‘tgan 
2021/2022 yillar kuz-qish mavsumida Toshkent shahrida eng yuqori iste’mol 24 million kilovatt-soatni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yil 22 iyul sanasi bu ko‘rsatkich 27,5 yarim million kilovatt-soat yoki 15 foizga ko‘pni tashkil etdi.

Iste’molning bunday oshishiga, albatta, yangi binolarning qurilishi, ishlab chiqarish korxonalarining ishga tushirilishi bilan bir qatorda ayrim xonadonlarda elektr energiyasining sutkalik iste’moli 1000 kilovatt-soatgachaga yetganligi yoki, ushbu xonadonlar o‘rtacha xonadonning 4-5 oylik elektr energiyasi iste’molini bir kunda iste’mol qilishi sabab bo‘lgan.

Energetika vazirligi havo haroratining issiq kunlarida elektr qurilmalarida yuklamaning ortib ketishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yirik nosozliklarni oldini olish va elektr energiyasi yetkazib berilishining barqarorligini ta’minlash maqsadida, iste’molchilardan imkon qadar ushbu resursdan tejamkorlik bilan foydalanishlarini eslatib o‘tadi.

 

O‘zA muxbiri Nasiba ZIYODULLAEVA yozib oldi.