Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Anomal issiq kunlari Respublika tez tibbiy yordam xizmatiga 130 mingdan ziyod chaqiriq kelib tushdi
11:13 / 2022-07-20

Eron hududlaridan issiq va quruq havo oqimi kirib kelishi natijasida 17 iyuldan boshlab yurtimizda yuqori harorat kuzatilmoqda. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu jazirama hafta davomida saqlanib qoladi. Xususan, 21-23 iyul kunlari mamlakatimizda kunduzi harorat 43-45 darajagacha, shimol, janub va cho‘l hududlarida esa 47 darajagacha ko‘tarilishini taxmin qilinyapti.

Bunday noqulay iqlim, eng avvalo, surunkali kasalligi bo‘lgan, dispanser nazoratida turuvchi bemorlar, yosh bolalar, homilador ayollar va keksalar salomatligi uchun xavf tug‘dirishi mumkin.  

Shu bois, ular sog‘ligini alohida tibbiy nazoratga olish, zarurat bo‘lganda o‘z vaqtida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish lozim. Ayniqsa, issiq havoda surunkali xastaliklar xuruj qilishini e’tiborga olsak, “Tez yordam” xizmati xodimlari zimmasiga bu borada alohida mas’uliyat yuklanadi. 

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Tez tibbiy yordam xizmatini muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi rahbari Davlatbek Yo‘ldoshevning SSV matbuot xizmatiga ma’lum qilishicha, yurtimizda anomal issiq boshlangan 17 iyuldan bugun, 20 iyul soat 06:00 ga qadar Respublika tez tibbiy yordam xizmatiga jami 130 ming 115 ta chaqiriq kelib tushgan. Murojaatchilarning 23  ming 421 nafarini qon bosimi ko‘tarilishi, nafas yetishmovchiligi, astma xurujlari va boshqa surunkali kasalliklari bo‘lgan bemorlar tashkil etdi. Ularning 4 ming 215 nafari esa gospitalizatsiya qilindi. 

Shuningdek,  mana shu kunlarda Toshkent shahar “103” xizmatiga jami 11 ming 821 ta chaqiriq kelib tushgan. Murojaatlarning 4 ming 235 nafarini qon bosimi ko‘tarilishi, nafas qisishi, astma va boshqa kasalliklar bo‘yicha bemorlar tashkil etdi. Ularning 2 ming 185 nafari esa davolanish uchun shifoxonalarga yotqizilgan. 


O‘zA