Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Anjumanda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasi muhokama etildi
17:22 / 2023-05-26

FOTOREPORTAJ

Toshkent Kimyo xalqaro universitetining Namangan filialida “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish: xalqaro tajribalar, muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.  

Anjuman iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir masalalar yuzasidan ilmiy muammolar va ularning yechimlarini aniqlash maqsadiga qaratilgan.

Tadbirda universitetning xalqaro hamkorlari, jumladan, AQSHning Ruzvelt va Indiana universitetlari, AQSH elchixonasi Amerika kengashi, Sulaymoniya – Iroq Amerika universiteti, Toshkent Kimyo xalqaro universitetining Koreys tili markazi, Janubiy Koreyaning Sunchon, Xanyang, Gachon, Xankyong universitetlari, Bagamadagi Xalqaro banklar va trast kompaniyalar Assotsiatsiyasi, Turkiyaning Nejmiddin Erbakan va Bingyol universitetlari, Malayziyaning Mara texnologik universiteti, Bolgariyaning Varna menejment universiteti, shuningdek, Namangan viloyati va Namangan shahri hokimliklari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, boshqa xalqaro va mahalliy oliy o‘quv yurtlari, manfaatdor vazirlik va idoralar, jamoatchilik tashkilotlari va O‘zbekistondagi xorijiy mamlakatlar diplomatik missiyalari vakillari  ishtirok etdi.  

Tadqiqotchilarning “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish muammolari”, “Innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari”, “Mintaqa iqtisodiyoti raqobatbardoshligi va investitsiya faolligini oshirish yo‘nalishlari”, “Hududlarning moliyaviy mustaqilligiga erishish va bank-moliya sohasini rivojlantirish” kabi mavzulardagi ma’ruzalari tinglandi.    

[gallery-12076]

Anjumanda Toshkent Kimyo xalqaro universiteti bilan xorijiy universitetlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan istiqbolli takliflar ishlab chiqildi. Ishtirokchilar bu kabi ixtisoslashtirilgan ilmiy tadbirlarni muntazam o‘tkazib borish zarurligini ta’kidladi.  

Konferensiyaning asosiy xulosalari va natijalari yakuniy rezolyutsiyada shakllantirilib, ishtirokchilar tomonidan ma’qullandi. Bundan tashqari, konferensiya ishtirokchilarining ilmiy maqolalari to‘plamini nashr etish, shuningdek, eng yaxshi nashrlarni umume’tirof etilgan indeksatsiyalangan ma’lumotlar bazalari nashrlarida chiqarish qaror qilindi.  

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA