Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Anjuman xalqaro huquq masalasiga bag‘ishlandi
18:24 / 2023-10-24

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida xalqaro huquq bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Qonunchilik palatasi, Ombudsman, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, vazirliklar, davlat idoralari, ta’lim muassalalari vakillari, professor-o‘qituvchilar, talabalar ishtirok etdi.

Ishtirokchilar xalqaro ommaviy huquqning joriy holati va istiqboli, xalqaro huquq fani rivoji, Inson huquqi himoyasi, Jahon savdo tashkiloti huquqi va amaliyoti, siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikning huquqiy jihatdan tartibga solinishi, Axborot xavfsizligi ta’minlanishining xalqaro-huquqiy asosi mavzularida ma’ruzalar tinglandi.

[gallery-14195]

Konferensiyada global va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, milliy manfaat tamoyilini hayotga joriy qilishga oid xalqaro mexanizmni takomillashtirish yuzasidan fikr, kasbiy tajriba va bilim almashish zarurligi ta’kidlandi.

“Xalqaro huquq ta’limi: chaqiriq va imkoniyat” mavzusida ham bahs-munozara uyushtirildi.
Tashkilotchilar axborot berishicha, konferensiya yakuni bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqiladi, tezislar to‘plami nashr qilinib, tarqatiladi, tashkilotchilar veb-saytiga joylashtiriladi, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

S.Rahimov,

O‘zA