French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Anjuman pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish istiqbollariga bag‘ishlandi
19:29 / 2025-12-24

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun “Uzluksiz kasbiy rivojlanish: 2025 yil tajribasi va istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Pedagogik mahorat markazi direktorining akademik faoliyat bo‘yicha o‘rinbosari A.Qaypnazarov 2025 yilda uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilgan natijalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot berdi. Jumladan, pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy texnologiyalar asosida malaka oshirish jarayonlarini takomillashtirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish borasida olib borilayotgan ishlar alohida qayd etildi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 20 dekabrdagi Maktabgacha va maktab ta’limi xizmatlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi  qarori asosida 2025 yil yanvar oyidan boshlab, 100 soatlik o‘quv dasturi asosida toifalarga bo‘lib o‘qitish joriy etildi.

Shu asosda Pedagogik mahorat markazining 2025 yil uchun malaka oshirish kurslarining rejasi 36 yo‘nalish bo‘yicha 9 ming 369 tinglovchi etib belgilangan. 2025 yilning 12 oyi davomida 100 soatlik o‘quv rejasi asosida jami 356 ta guruh tashkil etilib, belgilangan reja bo‘yicha 9 ming 369 nafar tinglovchi o‘rniga 9 ming 476 nafar tinglovchi qabul qilinib 101,1 foizga bajarildi. Shundan oliy va birinchi toifalilar 2 ming 90 nafarni, mutaxassis va ikkinchi toifalilar 7 ming 386 nafarni tashkil etdi.

8 ming 945 nafar tinglovchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha malakasini oshirganligi to‘g‘risida sertifikatlar olishdi. Ayrim sabablar va sog‘lig‘iga bog‘liq holda darslarga qatnashmagan 531 nafar o‘qituvchi (5,0%) tinglovchilar safidan chiqarildi.

Tadbir yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri