Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Anjuman ishtirokchilari aniqlandi
10:28 / 2022-07-25

-

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Toshkent shahrida 25-26 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” xalqaro konferensiyasi ishida Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, Eron, Italiya, Ispaniya, Qozog‘iston, Qatar, Qirg‘iziston, Tojikiston, Xitoy, Norvegiya, Pokiston, Rossiya, AQSH, Turkiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarkibidagi tegishli idoralar rahbarlari, Islom Hamkorlik Tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, xalqaro moliya institutlari vakillari, shuningdek, ilk bor Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amir Xon Muttakiy boshchiligidagi Afg‘oniston Muvaqqat hukumati delegatsiyasi - jami 100 ga yaqin vakil ishtirok etishi kutilmoqda. 

                   O‘zA