Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Anjuman doirasida hamkorlik bitimi imzolandi
16:49 / 2022-06-01

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi strategik sheriklikning ahamiyatiga bag‘ishlab Toshkentda o‘tkazilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilari sho‘’ba yig‘ilishlarida o‘ta dolzarb masalalarni muhokama qilishmoqda.

Jumladan, barqaror mintaqaviy rivojlanish jarayonidagi o‘zaro hamkorlikning muhim jihatlari qamrab olingan guruhda Rossiya-Tojikiston universiteti Geosiyosiy tadqiqotlar markazi direktori, tarix fanlari doktori Go‘zal Maytdinovaning “O‘zbek-Tojik strategik sherikligi barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lida” mavzusidagi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o‘rinbosari Akram Ne’matov va Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik tadqiqotlar markazi Mintaqaviy xavfsizlikni o‘rganish boshqarmasi boshlig‘i Komron Hidoyatzodaning o‘zaro hamkorlikning muhim omili sifatida barqaror mintaqaviy rivojlanish masalasiga bag‘ishlangan hamda “Bilim karvoni” nodavlat ilmiy tashkiloti rahbari, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori Farxod Tolipovning “O‘zbekiston – Tojikiston munosabatlarining yangi asri: Strategik sheriklikdan ittifoqchilik sari” nomli ma’ruzalari ekspertlar, mutaxassislarning qizg‘in muhokama, munozaralariga sabab bo‘ldi.

Ushbu sho‘’ba yig‘ilishi so‘ngida Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi va Markaziy Osiyo xalqaro instiuti o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.
Konferensiya davom etyapti.

G‘.XONNAZAROV, N.HAYDAROV (surat), O‘zA