Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Anjelina Joli G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirmayotgan davlat yetakchilarini qoraladi
15:33 / 2023-11-02

BMT Qochqinlar ishi bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining tinchlik yo‘lidagi sobiq maxsus elchisi, amerikalik aktrisa Anjelina Joli Isroil harakatini G‘azo sektoridagi aholini atay bombardimon qilish, deya baholadi.

– Oddiy aholining qochadigan joyi yo‘q, o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirmayotgan dunyo yetakchilari esa ushbu jinoyatga sherikdir, – deb yozdi Joli ijtimoiy tarmoq orqali. – Bu hech qayerga qochishni bilmayotgan, qamalib qolgan aholiga atay zarba berishdir. G‘azo qariyb yigirma yildan buyon ochiq osmon ostidagi qamoqxonaga aylanib, hozir ommaviy qabristonga aylangan bir paytda butun dunyo jimgina qarab o‘tiribdi, ko‘plab hukumatlar bosqinchilikni qo‘llab-quvvatlamoqda. Millionlab falastinliklar – bolalar, ayollar, oilalar jamoaviy jazoga giriftor qilinmoqda. Ular xalqaro huquqqa zid ravishda oziq-ovqat, dori-darmon va gumanitar yordamdan bir yo‘la mahrum qilingan. Gumanitar maqsadda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qilishdan bosh tortayotgan hamda BMT Xavfsizlik kengashida bir yoki ikki mamlakatga nisbatan rezolyutsiya qabul qilishga yo‘l qo‘ymayotgan dunyo yetakchilari ushbu jinoyatchilikka aloqador.