French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aniqlanishi juda qiyin bo‘lgan COVID-19ning yangi varianti paydo bo‘ldi
14:59 / 2022-02-04

Mavjud testlar bilan aniqlash juda qiyin bo‘lgan omikron shtammining yangi turi Afrikada topildi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Afrika bo‘limining virusologi Niksi Gumede-Moletsi ma’lum qildi.

- Omikronning BA.2 nomli yangi kichik turi qit’aning beshta davlatida aniqlandi: Botsvana, Keniya, Malavi, Senegal va Janubiy Afrikada. Biz bundan juda xavotirdamiz, - deydi virusolog.

Bir oz oldinroq, BA.2 Yevropada, aniqrog‘i, Daniyada aniqlangan edi. Daniyalik olimlarning fikriga ko‘ra, kichik turning tarqalish ko‘lami oshgan.

Niksi Gumede-Moletsining ta’kidlashicha, BA.2ni aniqlash juda qiyin, chunki omikron shtammini aniqlash uchun ishlab chiqilgan testlar uni ko‘ra olmaydi. 
- Biz ushbu kichik tur haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish uchun butun dunyo bo‘ylab bir qator laboratoriyalar bilan o‘zaro hamkorlikda ishlamoqdamiz, - dedi JSST rasmiysi.

BA.1 deb belgilangan omikron-shtammi birinchi marta o‘tgan noyabr oyida Janubiy Afrika va Botsvanada topilgandi. Juda tez tarqalgan, bu COVID-19 varianti dunyoda yana bir koronavirus to‘lqinini keltirib chiqardi.

 

O‘zA