FOTOREPORTAJ
Surxondaryoda Davlat kadastrlari palatasining Topografik va kartografik xaritalarini tayyorlash sektori mutaxassislari ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
[gallery-10058]
Tadbirda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi Komplayens-nazorat xizmati tomonidan hududlarda geodezik o‘lchov vositalaridan maqsadli foydalanish va saqlash bo‘yicha nazoratni kuchaytirish, ushbu yo‘nalishda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan o‘rganishlar olib borilib, bu borada tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, topografik va kartografik xaritalarni tayyorlash sektorida mavjud elektron taxeometr va GPS qurilmalari holatlari hamda xodimlarning qurilmalardan foydalanish talablariga rioya etishi ham o‘rganildi.
Tadbir davomida, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli topshiriqlar hamda geodezik uskunalardan maqsadli foydalanish, maqsadsiz foydalanganlik bo‘yicha javobgarlik yuzasidan xodimlarga tushuntirish berildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA