Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda
17:17 / 2022-09-15

Buxoro viloyatida 64 ta gaz hisoblash uskunasini o‘rnatish rejalashtirilgan bo‘lib, ayni paytga qadar 59 tasi ishga tushirildi. 7 ming 600 kilometrdan ziyod gaz quvurlari va 6 ming 500 dan ortiq gaz maromlash qurilmalarini onlinye monitoringda kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

– Texnologik zanjir asosida tuman “Imom Buxoriy”, “Navbahor”, “Bo‘ston” kabi yirik hududlarga ajratildi, – deydi Qorovulbozor tumani gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i Faxriddin Ochilov. – 5 ming 36 ta aholi xonadoni va 138 ta ulgurji iste’molchilarga shaffoflik asosida tabiiy gaz yetkazib berilmoqda. 200 kilometrga yaqin gaz quvurlari hamda 72 dona gaz maromlash qurilmalari onlinye nazorat qilinmoqda. Aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish doimiy e’tiborda.

Viloyat bo‘yicha eng ko‘p – 11 ta yirik hududga ajratilgan G‘ijduvon tumanida ham gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda. Hududdagi ko‘p qavatli va hovli joylarda istiqomat qiluvchi aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, gaz hisoblash uskunalari o‘rnatilib, himoya qutilari bilan o‘raldi.

Shubhasiz, jarayonlar davomida modem qurilmalari o‘rnatilib, “Askugbalans” dasturi orqali kuzatib borish imkoniyati yaratildi. 800 dan ortiq gaz maromlash qurilmalari dastur asosida onlinye tizimda nazorat qilinmoqda. Aholiga tabiiy gazning aniq hisobini chiqarib, shaffoflikni ta’minlash asosiy maqsad qilib qo‘yilgan bir paytda, olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasi o‘laroq hududda bugun istiqomat qiluvchi 40 mingdan ortiq iste’molchilarga bir maromda tabiiy gazning yetkazib berilishiga erishilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA