Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etiladi
11:55 / 2023-07-17

Bojxona qo‘mitasi mutasaddilari tomonidan hududiy boshqarmalar faoliyatini o‘rganishga qaratilgan navbatdagi sayyor tadbir Buxoro viloyati bojxona boshqarmasida bo‘lib o‘tdi.

Unda Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i R. Qobulov boshchiligidagi ishchi guruh dastlab “Olot” chegara bojxona postida bo‘ldi. Post faoliyati va bojxona nazorat zonalarining belgilangan standart talablarga javob berishi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.

Shundan so‘ng, ishchi guruh vakillari “Buxoro” TIF bojxona postida bo‘lib, bu yerda xizmat qilib kelayotgan xodimlar bilan muloqotda bo‘ldi.

Sayyor o‘rganishlar davomida tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarida samarali ishlash mexanizmini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar o‘rganildi. Muammolarni bartaraf etish bo‘yicha fikr almashildi.

Sayyor tartibda o‘rganish ishlari “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postida ham tashkil etildi. Xodimlarning kasbiy mahoratini o‘rganish barobarida mavjud bojxona postlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar tinglandi.

Bojxona organi mutasaddilarining sayyor tartibdagi o‘rganishlari doirasida Buxoro shahrida joylashgan “ZARHAL GROUP” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishish asnosida tadbirkorni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish va uni o‘z o‘rnida bartaraf etish choralarini ko‘rish maqsad qilindi.

Ma’lumot uchun, asosan ip-gazlama ishlab chiqarishga ixtisoslashgan  “ZARHAL GROUP” MCHJ bugungi kunda 200 nafar ishchi o‘rniga ega. Joriy yil boshidan buyon 1,2 million dollar qiymatdagi 353 tonna mahsulotlarni Rossiya, Ozarbayjon va Polsha davlatlariga eksport qildi.

Korxona mas’ullari bilan bo‘lgan suhbatda bojxona organi mutasaddilari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining eksport va import jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni qonuniy hal etishi yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

 

Zarif Komilov,  

O‘zA