French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aniq vazifalar belgilab olindi
15:59 / 2025-11-26

Buxoroda viloyat saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda komissiya a’zolari, shahar va tumanlar saylov komissiyalari raislari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda viloyat hududiy saylov komissiyasining 2025 yilga mo‘ljallangan ish rejasi ijrosi, viloyat hududiy saylov komissiyasining 2026 yilga mo‘ljallangan ish rejasi to‘g‘risidagi va boshqa masalalar ko‘rib chiqilib, atroflicha muhokama etildi.

Ta’kidlanganidek, viloyat hududiy saylov komissiyasi 2025 yilda o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha kalendar reja, shuningdek, hududiy saylov komissiyaning 2025 yil 10 fevraldagi 31-1-son qarori bilan 3 bo‘lim va 17 banddan iborat etib tasdiqlangan Buxoro viloyati hududiy saylov komissiyasining 2025 yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq olib bordi.

Joriy yilda hududiy saylov komissiyasi yig‘ilishlarida 2024 yil 27 oktyabr kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi natijalari muntazam tahlil qilib borildi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Saylov komissiyasining 2025 yil 13 fevraldagi “Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi 1428-sonli qarori ijrosiga muvofiq xalq deputatlari G‘ijduvon, Vobkent, Peshku, Qorovuolbozor tumanlari, Buxoro va Kogon shahar Kengashlarining saylov okruglarida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rniga saylovlar belgilangan tartibda o‘tkazildi.

Viloyat hududiy saylov komissiyasining 2026 yil uchun 3 bo‘lim va 18 banddan iborat Ish rejasi loyihasi ishlab chiqilib vazifalar belgilandi. 

Yig‘ilishda ko‘rilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Yig‘ilishda hududiy saylov komissiyasi raisi M.Olimov qatnashdi. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.