Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Angrenda o‘tgan qit’a chempionatida regbichilarimiz kumush medalli bo‘ldi
09:38 / 2022-11-07

Toshkent viloyatining Angren shahrida regbi-7 bo‘yicha U-20 yosh toifasidagi erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli musobaqada qit’aning 10 dan ziyod davlat jamoalari g‘oliblik uchun kurash olib bordi.  

Marosasiz bahslar yakunida regbi-7 bo‘yicha mamlakatimiz terma jamoasi a’zolari kumush medalga sazovor bo‘ldi. 1-o‘rin Birlashgan Arab Amirligi vakillariga nasib etgan bo‘lsa, 3-o‘rindan Malayziya vakillari joy oldi.  

Ayollar o‘rtasidagi shiddatli o‘yinda sovrinli o‘rinlarga BAA, Hindiston, Tailand regbichilari musharraf bo‘ldi.  

Chempionatning yopilish marosimida ishtirok etgan sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, Angren shahar hokimi Alisher Rayimov, O‘zbekiston regbi federatsiyasi bosh kotibi Qahramon Jalilov g‘olib va sovrindor jamoalarga medal va esdalik sovg‘alarini taqdim etdi hamda yurtimiz regbichilarining ushbu muvaffaqiyati mamlakatimizda jamoaviy sport turlarining rivojlanib borayotganligidan dalolat ekanligini ta’kidlashdi.  

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA