Ma’lumki, bu yilgi qish fasli har qachongidan ham anomal sovuq tarzda kechmoqda. Buning natijasida esa aholini energiya resurslari bilan to‘liq ta’minlashda muammolar yuzaga keldi. Ushbu muammolarni hal etish va kelgusida bunday qiyinchiliklarga duch kelmaslik maqsadida hukumat tomonidan bir qancha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, sohaga tegishli mutasaddi tashkilotlar faoliyati qayta ko‘rib chiqilib, qo‘shimcha vazifalar yuklatilmoqda.
Ushbu masala bo‘yicha davlat rahbari tomonidan joriy yilning 8 fevralida o‘tkazilgan yig‘ilishda ham energiya resurslari sohasida yuz berayotgan jinoyat va huquqbuzarliklarni aniqlash, nazorat qilish, qonun doirasida javobgarlikka tortish hamda bu yo‘nalishdagi qarzdorliklarni sifatli undirish bo‘yicha Bosh prokuratura va Majburiy ijro byurosiga ko‘plab vazifalar belgilab berildi.
Shunga ko‘ra, byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi va uning joylardagi hududiy bo‘limlari tomonidan kommunal yo‘nalish bo‘yicha sudning hal qiluv qarori asosida qarzdorliklarni undirish chora-tadbirlari keng ko‘lamda olib borilmoqda.
Jumladan, Byuroning Angren shahar bo‘limi tomonidan Ohangaron tumanlararo sudining qarzdor «Angren Issiqlik energiyasi» DUKdan undiruvchi Angren shahar elektr tarmog‘i foydasiga 1 mlrd. 600 mln. so‘m qarzdorlik summasi undirib berildi.
Boshqa ijro hujjatlariga oid amaliy harakatlar davom ettirilmoqda.
O‘zA