Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Angren” EIZda 800 yangi ish o‘rni yaratiladi
11:42 / 2023-03-25

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Vetnamning “Mareven Food Holdings” kompaniyasi direktori Nguyen Duong bilan videokonferensiya tarzida muzokara o‘tkazdi.

Uchrashuvda 125 million dollarlik tez tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari, alkogolsiz ichimliklar, quritilgan sabzavot, chips ishlab chiqaradigan yirik zavod qurish yo‘lidagi chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi. Toshkent viloyatidagi “Angren” erkin iqtisodiy zonasi hududida amalga oshiriladigan mazkur loyiha asosida 800 yangi ish o‘rni yaratiladi.

Muloqot chog‘ida vetnamlik hamkorlar kompaniya mahsulotlarini qabul qilish va O‘zbekiston hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari bozoriga tarqatish maqsadida Toshkent viloyatida logistika markazi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning joriy holati haqida ham so‘zlab berdi. Tomonlar mamlakatimizda mazkur kompaniyaning ishlab chiqarish va logistika ob’ektlarini ishga tushirish, yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida ko‘plab loyihalar amalga oshirish, hamkorlikni muntazam rivojlantirib borishga kelishib oldi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, “Mareven Food Holdings” qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat ishlab chiqarish va tarqatish bo‘yicha loyihalarga sarmoya kiritadi. Kompaniyaning xalqaro portfeliga “Rollton”, “Bigbon”, “Mareven Professional Food”, “Petra”, “Actibo” brendlari kiradi.

O‘zA