Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Angorlik paxtakorlar ham zafar quchdi
20:25 / 2024-09-25

Bugun Surxondaryo viloyatining Angor tumani dehqonlari ham mamlakatimizda birinchilardan bo‘lib, yillik paxta topshirish shartnomaviy rejasini bajardi. Tumandagi 31 ta fermer xo‘jaligi va “Zamin Angor klaster” paxta to‘qimachilik klasteri 4 ming 734 gektar maydonda g‘o‘zaning ingichka va o‘rta tolali “Termiz 202”, “Yuksalish”, “Buxoro-10” kabi navlaridan mo‘l hosil to‘pladi. Qabul shoxobchalariga 18 ming 639 tonnadan ortiq paxta topshirib, belgilangan rejani uddaladi.

Shu kungacha hosili yig‘ishtirib  olingan  maydonlardan o‘rtacha  40-41 sentnerdan xom ashyo olindi.  “Rustam Sho‘rchi”, “Tursunboy Sho‘rchi”, “Xurshidbek Jamshidbek Madaniyat” hamda “Zamin Angor klaster” mas’uliyati cheklangan jamiyati dalalarida 43 sentnerdan ortiq hosil yig‘ib olishga erishildi.

Tuman paxtakorlari yig‘im-terimni  davom ettirmoqda.

X. Mamatrayimov, O‘zA muxbiri