Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Angorda yangi infratuzilma loyihalari taqdimoti o‘tkazildi
10:19 / 2025-07-17

Surxondaryo viloyatining Angor tumanidagi to‘qqizta mahalla O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Islom taraqqiyot banki va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida obod va farovon go‘shaga aylanadi.

Tuman hokimligida loyiha tashkilotchilari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, tashabbuskor guruhlar, loyiha ishchi guruhi a’zolari ishtirokida bo‘lib o‘tgan taqdimotda shu haqda batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, tumandagi Chinobod, Navshahar, Do‘stlik, Guliston, Qorabog‘, Gilambob, Yuqori Tallashqon, Karvon va Xomkon mahallalarida to‘rtta maktab, ikkita maktabgacha ta’lim tashkiloti bunyod etiladi. 95,3 kilometr yo‘l, 120,4 kilometr ichimlik suv tarmog‘i, bitta ko‘prik quriladi. Mahallalarda piyodalar yo‘lagi barpo etilib, tungi yoritish yo‘lga qo‘yiladi. Elektr energiyasi ta’minoti tubdan yaxshilanadi. Bu loyihalarning amalga oshirilishi tumandagi 32 ming 400 dan ortiq aholining farovonligini oshirishga xizmat qiladi. 

Taqdimotda mahallalarni rivojlantirish istiqbollari, mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari ham muhokama etildi. Taklif va tavsiyalar bildirildi.

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri