Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Angorda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ochildi
15:16 / 2024-02-16

FOTOREPORTAJ

Surxondaryo viloyati Angor tumani markazida joylashgan zamonaviy, barcha qulaylikka ega yangi binoda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi o‘z faoliyatini boshladi. 

Davlatimiz rahbarining 2023 yil 1 iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida ijtimoiy himoya borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qator vazifalar belgilangan edi. Farmon ijrosi doirasida turli vazirliklar tarkibida tarqoq faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xizmatlar birlashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi, shuningdek, Agentlikning viloyat boshqarmalari, tuman va shaharlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etildi.

Angordagi markaz ochilishida tuman hokimi Qosim Mardonov boshchiligidagi tuman sektorlari rahbarlari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Muhiddin Tog‘ayev, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

[gallery-15999]

– Markazimizda jismoniy imkoniyati cheklangan hamda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan aholiga individual yondashuv asosida professional ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatiladi, - deydi markaz direktori Ilhom Mustaramov. – Faoliyatimiz bevosita mahalla bilan bog‘liq bo‘ladi. Mahalladagi mavjud “yettilik”ka ijtimoiy xizmatlar xodimlarining ham qo‘shilishi, albatta, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini to‘la qamrab olish, sifatli va professional ijtimoiy xizmat ko‘rsatish orqali ularning og‘irini yengil qilish, muammolarini hal etishga yaqindan yordam beradi. 

Markaz orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam yagona tizimga jamlanadi, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat va yordamlar yagona dastur doirasida muvofiqlashtiriladi. Fuqarolarga bir joyda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi joriy etiladi, asosiysi, imkoniyati cheklangan fuqarolarning jamiyatdan ajralib qolishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Eng zamonaviy jihozlar, texnik vositalar bilan ta’minlangan markazda 49 turdagi ijtimoiy xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari, bu yerda psixolog xizmati, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi faoliyati ham olib boriladi. 

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA