Angorda g‘o‘za gulladi
Surxondaryo viloyatidagi “Zamin Angor Cluster” paxtachilik-to‘qimachilik klasterining Kayran mahallasi dalalarda shu yil mart oyi boshida 12 gektar maydonga ekilgan “Termiz-202” navli chigit g‘o‘zasi gulladi.
Mamlakatimizda klaster tizimi joriy etilib, sifatli, mahalliy iqlimga mos g‘o‘za navlarini parvarishlashga qaratilayotgan e’tibor ertagi mo‘l hosil yetishtirishda muhim omil bo‘lmoqda. Paxtakorlar ertapishar va yuqori tolali paxta navlarini parvarishlab, hosildorlikni oshirish va ko‘proq daromad olishga intilmoqda. Bu jarayonda mavjud agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirilayotgani ham hosilning erta gul ko‘rsatib, yoz faslida pishib, yetilishiga ko‘maklashmoqda.



Joriy yilda tuman dehqonlari paxta yetishtirayotgan 4 ming 450 gektar maydonning 3 ming 681 gektarida “Zamin Angor Cluster” paxtachilik-to‘qimachilik klasteri mirishkorlari g‘o‘za parvarishlamoqda.
Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zA muxbiri