English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Angorda bitiruvchi yoshlar uchun yetarli ish o‘rni yaratilgan
14:07 / 2025-07-10

Surxondaryo viloyati Angor tumani hokimi Qosim Mardonov joriy yilda oliy ta’lim muassasalarini bitirayotgan yoshlar bilan uchrashdi.

Ochiq muloqot chog‘ida tuman rahbari mamlakatimizda yigit-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, oliy ta’lim muassasalarida kasb sirlarini chuqur egallayotgan yosh mutaxassislar bandligini ta’minlashga qaratilayotgan yuksak e’tibor haqida alohida so‘z yuritdi. Endilikda ular samarali mehnat qilib, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi. Yosh mutaxassislarning fikr-mulohazalarini tingladi.

Tadbir doirasida bitiruvchi yoshlar uchun 70 ga yaqin tashkilot, muassasa va korxona 215 nafar bo‘lg‘usi mutaxassislar uchun 251 ta bo‘sh ish o‘rnini taqdim etdi. Pedagogika yo‘nalishini bitirayotgan 142 nafar yigit-qizga shu yo‘nalishdagi ish joylari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi. 

Uchrashuvda yosh mutaxassislarning bandlik masalasini hal etish muhokama etilib, tegishli tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlariga biriktirildi. Aniq vazifalar belgilab berildi. 

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri