Surxondaryo viloyatida tuman hokimlarining joriy yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar va 2021 yilda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari bo‘yicha aholiga murojaati davom etmoqda.
Bugun xalq deputatlari Angor tumani kengashining navbatdagi sessiyasida tuman hokimi Sh.Abdullayevning murojaati tinglandi. Tuman hokimi o‘rinbosarlari, mahalliy kengash deputatlari, tuman faollari, tashkilot va korxonalar rahbarlari, jurnalist va blogerlar ishtirok etgan sessiyada o‘tayotgan yil jahon bo‘ylab barcha sohalarni jiddiy sinovdan o‘tkazayotgani ta’kidlandi. Prezidentimiz tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar tufayli pandemiya sharoitida mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda juda katta to‘siqlarga duch kelmagani qayd etildi.
Ko‘rilgan izchil chora-tadbirlar Angor tumanida ham asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘stirishda muhim omil bo‘ldi. Jumladan, 2019 yilning yanvar-sentyabr oylarida tumanda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 70,8 milliard so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 75,2 milliard so‘mni tashkil etib, 106,3 foizga o‘sishiga erishildi. Yil yakuni bilan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 140 milliard 500 million so‘mga yetkazish kutilmoqda. Shuningdek, xizmatlar, chakana savdo, qurilish va pudrat ishlarida ham sezilarli natijalarga erishildi.
2021 yilda kichik biznes sub’ektlarini yangidan tashkil etish hamda yangi loyihalarni ishga tushirish hisobiga chakana savdo aylanmasining 459,4 milliard so‘mga o‘sishi kutilmoqda. Yangi yilda qurilishi rejalashtirilgan 2 ta ko‘p qavvatli uy-joylar hamda yangi loyihalar qurilishini ishga tushirish, qurilish va pudrat ishlari hajmini 178,6 milliard so‘mga oshiradi.
Joriy yilning 9 oyida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 831,6 milliard so‘mga bajarilib, 108,3 foizga o‘sdi. Yil yakuni bilan 1 tirillion 137,8 milliard so‘mga bajarilib, o‘sish surati 103,6 foizga yetkaziladi. 2021 yilda qishloq xo‘jaligi sohasida tashkil etiladigan 13 ta yirik yangi loyihalarni ishga tushirish xisobiga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish hajmini 1 trillion 174 milliard so‘mga o‘stirish rejalashtirilgan.
Tumanda 25 ta eksportyor korxona faoliyat yuritmoqda. Yilning o‘tgan davrida ular 13 738 ming dollar qiymatidagi sanoat va meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qildi. Kelgusi yil eksport salohiyatini yanada oshirish uchun yangi loyihalar ishlab chiqilmoqda. Masalan, “Top Kualiti Brend” mas’uliyati cheklangan jamiyatining “Terini qayta ishlashni tashkil etish” loyihasi yiliga 12 ming tonna terini qayta ishlash quvvatini yaratadi. Tayyor mahsulotning 30 foizi Afg‘onistonga eksport qilinadi.
Sessiyada kichik sanoat zonalarini tashkil etish, xorij investitsiyasini jalb qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yuksaltirish, aholi bandligini ta’minlab, daromadini oshirish, ta’lim-tibbiyot kabi ijtimoiy sohalarni rivojlantirish, milliy hunarmandchilik va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yangi yilda bajarilishi kutilayotgan ishlar hususida ham atroflicha ma’lumot berildi. “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, “Ayollar va yoshlar” temir daftarlariga kiritilganlar bilan ishlashning bugungi holati va kelgusidagi rejalar to‘g‘risida fikr yuritildi
Sessiya doirasida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan dasturlar taqdimoti o‘tkazildi. Ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi.
[gallery-388]
Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA