Buxoroda Xalqaro Ziyorat turizmi haftaligi doirasida o‘tkazilgan “O‘zbekiston islomiy merosi” konferensiyasida Buxoro viloyati hokimligi hamda Islomiy turizm markazi (ITC), Malayziya turizm, san’at va madaniyat vazirligi, Jahon So‘fiy markazi (WSC), Birlashgan Arab Amirliklari Xalqaro madaniy diplomatiya instituti Kuzatuv Kengashi, shuningdek, BAA lik yozuvchi Nosir Al-Daheri o‘rtasida o‘zaro strategik hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga doir Anglashuv Memorandumlari imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘tkazilayotgan mazkur tadbir yurtimiz sayyohlik salohiyatini oshirish, ziyorat turizmi imkoniyatlaridan oqilona foydalanishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
[gallery-9402]
Tadbir doirasida xorijiy mehmonlar, dinshunos olim va tadqiqotchilar O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov, Buxoro viloyati bosh imom-xatibi Jobir Buxoriy, Bahouddin Naqshband jome’ masjidi imom-xatibi Abdug‘ofur Buxoriy hamda Mir Arab o‘rta maxsus islom bilim yurti mudiri Jaloliddin Saburovlar birgalikda Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdi. O‘tganlar haqiga Qur’on tilovat qilindi. Alloh taolodan xalqimizning tinchligi va farovonligini tilab duolar qilindi.
Zarif Komilov,
Tohirjon Istatov (surat), O‘zA