Angela Merkel: “Rossiya gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnomaviy majburiyatlarining barchasini bajarmoqda”
Germaniyaning Rossiyaga gaz yetkazib berilishi bo‘yicha biron bir e’tirozi yo‘q, olingan barcha majburiyatlar bajarilmoqda.
“Reuters” xabarida aytilishicha, Germaniya federal kansleri Angela Merkel shunday bayonot berdi.
Uning ta’kidlashiga ko‘ra: “Rossiya gaz yetkazib berish bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan shartnomaviy majburiyatlarining barchasini bajarib kelmoqda”.
Avvalroq hozir Germaniyada “Shimoliy oqim-2” gaz tarmog‘ining foydalanishga sozlash ishlari olib borilayotgani ma’lum qilingandi.