Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Angela Merkel: musulmonlar Germaniya jamiyatining bir qismi
12:53 / 2018-03-17

Musulmonlar Germaniya jamiyatining ajralmas qismi, shunday ekan islom dini ham biz uchun begona emas.

Musulmonlar Germaniya jamiyatining ajralmas qismi, shunday ekan islom dini ham biz uchun begona emas. Bu haqda Germaniya Federativ Respublikasi Federal kansleri – Angela Merkel Shvetsiya Bosh vaziri Stefan Leven ishtirokida o‘tgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi, deyiladi Anadolu xabarida.

Merkel bunday izohni Germaniya Ichki ishlar vaziri Xorsta Zeyexoferaning “Islom uchun Germaniyada joy yo‘q”, deya bildirgan fikrlariga raddiya sifatida keltirgan.

Kanslerning qayd etishicha, xristian va iudaizm dini vakillari mamlakatning tarixiy rivojlanishida o‘z hissalarini qo‘shgan bo‘lsa-da, bugun Germaniyada 4 millionga yaqin musulmonlar istiqomat qilmoqda. Shunday ekan, jamiyat taraqqiyotida musulmonlarning ham ulushi bor.

Siyosatchi, shuningdek, hukumat bir narsani – Islomning davlat Konstitutsiyasiga zid o‘laroq harakat qilishini istamasligini ta’kidlagan.