Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Angar” usulida kichik to‘qimachilik binolari qurilib, bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan tadbirkorlarga beriladi
14:58 / 2024-02-16

Xonobod shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Viloyat klasterlari 43 foiz ip-kalavani xomashyo shaklida 4 barobar arzon sotayotgani ko‘rsatib o‘tilib, qayta ishlashni 100 foizga yetkazish muhimligi qayd etildi. 

Buning uchun joriy yilda 150 million dollarlik bo‘yash va tayyor kiyim ishlab chiqarish loyihalarini yakunlash, 6 mingta ish o‘rni yaratish mo‘ljallangan. Loyihalarga italiyalik nufuzli dizaynerlar taklif qilinadi.

Shuningdek, “angar” usulida kichik to‘qimachilik binolari qurilib, 7 yilda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan tadbirkorlarga beriladi.

O‘zA