French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andreye Bochelli Registonda konsert beradi
14:48 / 2025-09-01

Ha, shunday. Opera qo‘shiqlarining mohir ijrochisi, italiyalik dunyoga mashhur tenor – Andrea Bochelli bugun kechki payt Samarqand shahridagi Registon maydonida jonli konsert beradi.

Ayni paytda Registon maydonida ulkan sahna o‘rnatilib, tomoshabinlar uchun joylar hozirlangan.

Konsert dasturi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Milliy banki hamda “O‘zsanoatqurilishbank” ko‘magida tashkil etilmoqda.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, konsert chiptalarining katta qismi xorijliklar va ayni paytda yurtimizda bo‘lgan chet ellik sayyohlar tomonidan xarid qilingan.

Ushbu konsertga kelib ketuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida bugun “Toshkent-Samarqand” yo‘nalishida “Afrosiyob” tezyurar poyezdining ikkita qo‘shimcha qatnovi amalga oshirilmoqda.

Samarqand viloyati IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining ma’lum qilishicha, nufuzli madaniy dasturning yuqori saviyada o‘tishi va tomoshabinlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida konsert paytida Registon maydoni atrofidagi yo‘llarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.  

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri