Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andrey Fyodorov: “Taqvimning noaniqligi rejamizga taʼsir qiladi”
20:41 / 2019-02-23

“Lokomotiv” hamda AGMK jamoalari oʻrtasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston superkubogi oʻyinidan keyin oʻtkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida temiryoʻlchilar ustozi Andrey Fyodorov qatnashdi va oʻyin borasidagi fikrlarini bildirdi


“Lokomotiv” hamda AGMK jamoalari oʻrtasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston superkubogi oʻyinidan keyin oʻtkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida temiryoʻlchilar ustozi Andrey Fyodorov qatnashdi va oʻyin borasidagi fikrlarini bildirdi.

Bugun matbuot anjumaniga juda koʻp jurnalist toʻplanibdi. Demak, superkubok bahsi qiziqarli oʻtgan. Avval aytib oʻtganimdek, bu faoliyatimdagi ilk superkubok oʻyini edi va shu bois gʻalaba qozonishni qattiq xohlagandim. Uchrashuvdan oldin judayam asabiylashdim. Bu yaxshi nazarimda, har holda oʻyindan keyin asabiylashgandan koʻra. AGMK bungacha ikkita rasmiy oʻyinda ishtirok etgandi va bu bizga qoʻl keldi, chunki jamoaning oʻyini borasida tasavvurga ega edik. Ikkinchi goldan keyin yigitlar biroz boʻshashdi va gol oʻtkazib yubordik. Shunga qaramay gʻalabani saqlab qoldik.

Arslonmurod Amonovning zaxirada qolganiga sabab, birinchi navbatda u jamoamizga kirishib ketishi kerak. Qolaversa, Osiyo kubogidan keyin futbolchi oʻzining optimal formasiga kirib ulgurmadi.

Seleksiya – bu shunday jarayonki u butun mavsum davomida toʻxtamaydi. Murabbiy har doim ixtiyorida eng yaxshi futbolchilar boʻlishini xohlaydi. Mahoratli legionerlar – ular qayerda? Xitoydami yoki Saudiya Arabistonida? Agar bizga ham oʻsha jamoalar sarflayotgan pulni berishsa, bilardik qanday futbolchilarni jalb qilishni.

Chempionat taqvimi va ishtirokchilarning nomaʼlumligi? Albatta, buni mutaxassis sifatida oqlamayman, har holda biz chempionat oʻyinlarining 1 martda boshlanishini kutgan edik va shunga qarab tayyorgarlik koʻrgandik. Endi rejamizni oʻzgartirishga toʻgʻri keladi. Ammo, bu menimcha jamoalarga u qadar katta muammo tugʻdirmaydi, - dedi Andrey Fyodorov jurnalistlarning savollariga javob berarkan.