Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonliklar referendumda faol qatnashmoqda
11:49 / 2023-04-30

Andijon viloyatida ham “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida” gi O‘zbeksiton Respublikasi konstutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha umumxalq referendumi boshlandi.

Mamlakatimiz aholisining Yangi O‘zbekistonni barpo etishdek oliy maqsad sari olib borilayotgani sa’y-harakatlari samarasi o‘laroq asosiy Qonunimiz – Konstitutsiyamiz qayta ishlab chiqildi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada O‘zbekiston ijtimoiy davlat, degan g‘oya asosiy mezon qilib olindi, inson huquq va manfaatlari himoyasi yanada mustahkamlandi.  Konstitutsiyamizni qayta ishlab chiqishda bevosita xalqning takliflari, xohish-istaklari e’tiborga olindi. Xalqimiz, keng jamoatchilikning 200 mingdan ortiq taklif va tashabbuslari asosida qomusimizdagi moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni esa 275 tadan 434 taga ko‘paydi, konstitutsiya matni 65 foizga yangilandi.

Yangilanayotgan Konstitutsiyamiz bo‘yicha umumxalq referendumida ishtirok etish, o‘zlarining konstitutsion huquqlaridan foydalanish va “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasiga munosabat bildirish uchun Andijon viloyatining 2 ta shahar, 14 ta tumanida tashkil etilgan 928 ta referendum uchastkasiga andijonliklar ko‘tarinki kayfiyat bilan kela boshladi.  

Umumxalq referendumini yuqori saviyada va uyushqoqlik, qonuniylik, xolislik, ochiqlik, oshkoralik hamda shaffoflik tamoyillariga to‘la amal qilgan holda o‘tishini ta’minlash uchun barcha uchastkalarda zarur sharoitlar yaratildi. Bo‘lib o‘tayotgan referendumda 1 million 702 ming 902 nafardan ziyod andijonliklar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Shundan 39 ming 266 nafari ovoz berish jarayonlarida ilk bor ishtirok etayotgan yoshlardir.  

[gallery-11652]

Viloyatdagi 32 ta referendum uchastkasida ovoz berish jarayonlarini onlayn tarzda to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borish imkoni yaratilgan. Viloyat referendum o‘tkazish komissiyasining ma’lumotiga ko‘ra, 20 ming 893 nafar fuqaro referendumda muddatidan oldin ovoz bergan.

Andijon shahri, Navoiy shoh ko‘chasidagi Andijon iqtisodiyot va qurilish institutida tashkil etilgan 37- referendum uchastkasiga fuqarolar ertalabdan ko‘tarinki kayfiyatda kela boshladi.  

– Referendumni yuqori saviyada o‘tkazish, fuqarolarning emin-erkin ovoz berishlari uchun hamma narsa taxt, – deydi 35- referendum uchastka komissiyasi raisi Abdumuxtor Hakimov – Hududimizda 2 ming 555 nafar ovoz beruvchi ro‘yxatga olingan, ularning 300 nafari birinchi marta ovoz beradi. Bundan tashqari, 15 nafar uyda turib ovoz beruvchi keksa va nogiron fuqarolarimiz bor.  

Uchastkamizda qonun va belgilangan tartiblar doirasida 56 nafar ishtirokchi muddatidan avval ovoz berdi. Uchastkamizga kelgan fuqarolarga ro‘yxat asosida ovoz berish bllyutenlari berilmoqda. Ertalabdan uchastka binosi yorug‘, fuqarolarlarning hech qanday qiyinchiliklarsiz ovoz berishlari uchun zarur barcha sharoit yaratilgan.  Darhaqiqat, referendum uchastkasida ovoz beruvchilar hamda kuzatuvchilar uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan, bundan tashqari, onalar va bolalar xonasi, shifokorlar navbatchiligida tibbiy punkt faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.  

Umumxalq referendumiga tashrif buyurgan ayrim yurtdoshlarimizning bo‘lib o‘tayotgan referendum xususidagi fikr-mulohazalarini bilish maqsadida ularni suhbatga chorladik:

– Referendum uchastkasida ovoz beruvchilarning emin-erkin ovoz berishlari uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan, – deydi Andijon shahridagi “Hamkorlik” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, Andijon davlat universiteti kafedra mudiri, akademik Sirojiddin Zaynobiddinov.   – Mazkur siyosiy jarayonda faol qatnashish, fuqarolik burchimizni ado etish uchun ertalabdan referendum uchastkasiga, turmush o‘rtog‘im, o‘g‘il va kelinlarim bilan keldik. Shaxsan men yurtimizning porloq kelajagini ta’minlashga xizmat qiladigan, fuqarolar haq-huquqlari himoyasi kafolati bo‘ladigan yangilangan Konstitutsiyamizni ma’qullab ovoz berdim.  

Yuqoridagi referendum uchastkasida bo‘lgani kabi Andijon shahrida tuzilgan 224 ta referendum uchastkalarining barchasida ovoz berish jarayoni davom etmoqda.

Faxriddin UBAYDULLAEV,  

Zuxriddin UMRZOQOV (foto), O‘zA