Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonliklar Indor xokkeyning “xadisini” olganlar
17:49 / 2019-02-28

Indor xokkey – bu xuddi futzal kabi chim ustida xokkeyning sport zaldagi koʻrinishi boʻlib, andijonliklar sportning bu turi boʻyicha ham Respublikada yetakchilardan hisoblanadi.


Indor xokkey – bu xuddi futzal kabi chim ustida xokkeyning sport zaldagi koʻrinishi boʻlib, andijonliklar sportning bu turi boʻyicha ham Respublikada yetakchilardan hisoblanadi.

Andijondagi sport zaxiralari kolleji sport manejida deyarli bir hafta davom etgan Indor xokkey boʻyicha Respublika ochiq kubogi nihoyasiga yetdi. Toshkent, Andijon, Fargʻona, Namangan, Samarqand, Buxoro hamda Xorazm viloyatlarining yigit va qizlardan iborat jamoalari orasida kechgan qiziqarli bahslar soʻngida gʻolib va sovrindorlar aniqlandi.

photo5458670582020287048.jpg

Yigitlar oʻrtasidagi oʻyinlarda bosh sovrin mezbonlarga nasib etdi. Sovrindorlar safidan Toshkent va Namangan viloyatlari vakillari joy oldi. Qizlar musobaqasida esa Buxoro viloyati xokkeychilari oltin medalli boʻlishdi, kumush va bronza medallariga esa Andijon hamda Samarqand viloyati sportchilari loyiq topildi. Gʻolib va sovrindorlarga oltin, kumush, bronza medallari, diplom hamda esdalik sovgʻalarini Oʻzbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi raisi Bahodir Ahmedov topshirdi.

Musobaqa davomida shuningdek, murabbiylar uchun oʻquv-mashgʻulot seminari ham tashkil etildi.