Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonlik yoshlar “Zakovat”da bellashdi
22:01 / 2022-10-24

Andijon shahridagi Yoshlar markazida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimizning joriy yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi, Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida turli guruhlar yo‘nalishida, ya’ni uyushmagan yoshlar, bilimli va iqtidorli yoshlar hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan intellektual o‘yinlarda 60 dan ortiq jamoa ishtirok etib, g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

[gallery-9264]

– Yurtimizda yoshlarning faolligini oshirish, ularning iqtidor va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda, – deydi O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i Oybek Yuldashev. – Jumladan, yoshlarimizning ma’naviyatini boyitish, ularni vatanparvarlik, ona yurtga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, qolaversa, kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan “Zakovat” o‘yinida yoshlar faol qatnashib, o‘zlarining iqtidor, bilim va salohiyatini namoyish etdi.

Qiziqarli bahs-munozaralar, savol-javoblar asosida uch bosqichda o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yining yakuniy natijalariga ko‘ra, g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom, esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Qolgan barcha ishtirokchilarga 10 turdagi kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.

F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA