Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonlik yoshlar yurtboshimiz ishonchini albatta oqlaydi
18:15 / 2021-06-20

Bugun jannatmonand yurtimizda olib borilayotgan har bir harakat, amalga oshirilayotgan islohotlarning zamirida inson manfaatlari, xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirishdek ezgu maqsad yotadi.

Ma’naviyat, odob-ahloq, ilm-fanning bebaho durdonalarini yaratib, jahon ahlini hayratga solgan ulug‘ allomalar yurti bo‘lgan muqaddas zaminimizda har bir kishining bilim olib, yetuk va komil inson bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Boshqacha aytganda, har bir inson bilimi, mehnati, sa’yi-harakati bilan ko‘nglidagi ezgu orzu istaklariga erisha oladi.  

Bugun yurtdoshlarimiz, xususan, andijonliklar bilan uchrashib, suhbatlashsangiz, aksariyat insonlarning o‘z hayotidan rozi bo‘lib yashayotganligini, ularning qalbida ertangi kunga umid va ishonch mustahkam ekanligini ko‘rish mumkin.

Muhtaram Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyevning shu yil 17-18 iyun kunlari Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida hududi bir gektar bo‘lgan, 1000 o‘rinli klinik kafedralarga mo‘ljallangan zamonaviy o‘quv labaratoriyalariga ega 7 qavatli yangi o‘quv binosi qurilishi uchun 70 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi, institutda “Sanoat farmatsiyasi” ta’lim yo‘nalishi ochilishiga va joriy yilda ushbu yo‘nalish bo‘yicha belgilangan tartib va kvotalar asosida talabalar qabul qilinishi haqidagi fikrlar  shu yurt farzandi, andijonlik ziyolilarning bir vakili  qatori mening ham qalbimni to‘lqinlantirib yubordi.  

Institut klinikasida maxsus laboratoriyaga ega o‘quv binosining qurilishi bilan talaba yoshlarga bir joyning o‘zida ham o‘qib, ham amaliyot o‘tashlari uchun keng imkoniyat yaratiladi.  

Sir emaski, bugun mamlakatimizda farmatsevtika sohasi jadal rivojlanmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan keyingi yillarda ushbu sohani yanada rivojlantirishni uchun qator hujjatlar qabul qilindi, soha rivojini ta’minlovchi huquqiy asoslar to‘la yaratildi. Farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalariga xorijdan xomashyo, dastgohlar, butlovchi qismlar olib kelish uchun bojxona to‘lovlari bekor qilindi.

Jumladan, Prezidentimizning 2019 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Farmatsevtika tarmog‘ida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori ham mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarishda dasturilamal bo‘lmoqda. Shu o‘rinda farmatsevtikani rivojlantirish, sohaga malakali kadrlar tayyorlash borasidagi ishlarga munosib hissa qo‘shib kelayotgan institutimizda  Yurtboshimizning takliflari bilan Farmatsiya ta’lim yo‘nalishi ochilib, unda bugungi kunda 500 nafar talaba tahsil olayotgani ham ana shu yo‘nalishdagi ishlarga bir misoldir.  

Bundan tashqari, O‘zbekistondagi farmatsevtika korxonalari, xususan, Andijon farmatsevtika iqtisodiy hududida ishga tushirilgan  korxonalarni malakali mutaxassislar bilan ta’minlashda Andijon davlat tibbiyot institutida ochiladigan Sanoat farmatsiyasi ta’lim yo‘nalishi va joriy o‘quv yilida iqtidorli yoshlarning o‘qishga qabul qilinishi malakali mutaxassislar tayyorlash bu boradagi muammolarni hal etish bilan birga, mazkur yo‘nalishdagi islohotlarni samarali amalga oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.  

Keyingi yillarda butun yurtimizda bo‘lgani kabi viloyatimizda ta’lim, xususan, oliy ta’lim rivoji yo‘lida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, muhtaram Yurtboshimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar samarasi o‘laroq, andijonlik yoshlar erishayotgan yutuqlar ko‘lami tobora ortib bormoqda. Shu o‘rinda men Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi, viloyat yoshlari nomidan ko‘rsatilayotgan e’tibor va biz yoshlarga bildirilgan ishonch uchun Yurtboshimizga samimiy minnatdorchilik bildiraman. Andijon yoshlari Yurtboshimiz ishonchini albatta oqlaydi.

Mirzohid BOTIROV,

Andijon davlat tibbiyot instituti prorektori