Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonlik yoshlar Orolbo‘yiga sayohat qildi
10:55 / 2021-03-04

Andijon viloyati hokimligi va viloyat Turizmni rivojlantirish boshqarmasi tashabbusi bilan andijonlik 120 nafar uyushmagan yoshlar uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasiga sayohat tashkil etildi.

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida uyushtirilgan 2 kunlik sayohatda andijonlik yoshlar dastlab I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyiga tashrif buyurdi. Sayohatning birinchi kuni ular shuningdek, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida “Edige”, “Berdaq”, “Alpomish” nomli sahnalashtirilgan spektakllar, opera va balet tomoshasidan bahramand bo‘lishdi.

[gallery-1388]

Ikkinchi kuni esa ular Xo‘jayli tumanidagi “Mizdahkam” majmuasi, Mo‘ynoq ekologiya muzeyi, Hunarmandlar alleyasi, Orol dengizi tarixi muzeyida bo‘lib qaytdilar.

 

Zuhriddin UMURZOQOV(surat),  O‘zA