Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonlik talaba “Yosh olim - 2020” xalqaro tanlovi g‘olibi
18:36 / 2020-12-23

Joriy yil 28 sentyabr kuni Qozog‘istonning Nursulton shahrida MDH davlatlari o‘rtasida “Yosh olim - 2020” xalqaro tanlovi o‘tkazilgan edi.

Onlayn tarzda tashkil etilgan ushbu tanlovda hamyurtimiz, andijonlik talaba Hasanboy Qosimov 1-o‘rinni egallab, 1-darajali diplom hamda oltin medal sohibi bo‘ldi.

[gallery-560]

Ushbu loyiha MDH davlatlari oliy ta’lim muassasalari talabalarini qo‘llab-quvvatlash, ilm-fan, texnika rivojlanishiga hissa qo‘shayotgan yoshlarni aniqlab, ularni munosib rag‘batlantirish maqsadiga qaratilgan.  

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi, Andijon davlat universitetining 1-bosqich talabasi Hasanboy Qosimov tanlovda o‘zining “Urma va zarbli asboblar tarixi” mavzuidagi ilmiy maqolasi bilan qatnashib, hakamlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA