Andijonlik tadbirkor rossiyalik hamkorlar bilan Moskva shahrida savdo markazi ochishga kelishib oldi
Andijon shahridagi “Edelveis sport” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishlab chiqarilayotgan sport jihozlari yuqori sifati bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.
Andijon shahridagi “Edelveis sport” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishlab chiqarilayotgan sport jihozlari yuqori sifati bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.O‘tgan yili Andijon viloyatida “nol” qiymatda berilgan davlat obyektlariga tadbirkorlik subyektlari tomonidan 9 milliard 525 million so‘m investitsiya kiritilib, mingga yaqin ish o‘rni yaratildi.
“Edelveis sport” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga ham Andijon shahridagi foydalanilmay, bo‘sh turgan binolardan biri berilgan edi. Qisqa vaqtda rekonstruksiya qilinib, sport jihozlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, 38 kishi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi. Ayni paytda korxonada oyiga 100 million so‘mlik 10 dan ortiq turdagi sport jihozlari ishlab chiqarilmoqda.
Sifat va dizaynga qaratilayotgan alohida e’tibor mahsulotlar xaridorgirligini oshirmoqda.
– Mahsulotlarimizni joriy yildan eksport qilishni boshlaymiz, – deydi jamiyat rahbari Zafarbek Abdurahimov. – Rossiyalik hamkorlar bilan Moskva shahrida savdo markazi ochishga kelishib oldik.