Fotoreportaj
Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida istiqomat qilayotgan San’atxon aya bu yil 83 yoshni qarshiladi. Vatan himoyachilari kuni arafasida O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriylar va nogironlari birlashmasi tomonidan 6 farzandni oq yuvib, oq taragan, Xalq maorifi a’lochisi San’atxon Qozoqova “Vafo va sadoqat uchun” medali bilan taqdirlandi.
Bugun birlashma mas’ullari Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi faxriylar kengashi vakillari bilan San’atxon aya xonadoniga tashrif buyurib, medalni topshirdi. Ayaning o‘g‘li Abduqahhor afg‘on urushi janggohlaridan qaytmagan.
Shuningdek, Andijon IIB maxsus otryadi faxriylaridan bir guruhi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda olib borayotgan xizmatlari uchun taqdirlandilar. “O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi 25 yilligi”, “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun” medallari bilan taqdirlanganlar orasida Avazbek Saydullayev, Odiljon G‘apparov, Zuhriddin Maradjapov, Qosimjon Ashurov va Baxtiyor Jumaboyevlar bor.
O‘zA