Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonlik karatechilar g‘olib bo‘ldi
17:03 / 2021-07-28

Andijonda mustaqillik bayramimizning 30 yilligi oldidan “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida Farg‘ona vodiysi viloyatlari yosh karatechilari ishtirokida musobaqa bo‘lib o‘tdi.

O’zLiDeP Andijon viloyat kengashi Yoshlar qanoti, viloyat “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi hamda Kiyokusinkay karate federatsiyasi  hamkorligida “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida sportning “kiyokusinkay karate” turi bo‘yicha o‘tkazilgan ochiq turnirda Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining qizlar va o‘smirlar jamoalari ishtirok etdi.  

– Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan muhim besh tashabbus bo‘yicha belgilangavn vazifalar ijrosini ta’minlash, mustaqillik bayramini munosib kutib olish, qolaversa, sportning karate turi ommaviyligini oshirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan musobaqa qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘ldi, – deydi O’zLiDeP Andijon viloyat kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Elyorbek Niyazov. – Musobaqada Farg‘ona vodiysi viloyatlarining 120 nafarga yaqin yosh karatechilari turli vaznlarda g‘oliblik uchun o‘zaro bahslashdi.  

Koronavirus yuqishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha belgilangan karantin qoidalariga amal qilingan holda, qiziqarli kurashlar ostida o‘tgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, andijonlik yosh karatechilar umumjamoa hisobida birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.  

G‘olib va sovrindorlar musobaqa tashkilotchilari tomonidan munosib rag‘batlantirildi.  

F. UBAYDULLAEV,

Z. UMRZOQOV (surat),

O‘zA