English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonlik gimnastikachilar g‘olib bo‘ldi
18:40 / 2022-10-11

Andijonda badiiy gimnastika bo‘yicha “Viloyat hokimi kubogi” uchun respublika ochiq turniri bo‘lib o‘tdi.

Badiiy gimnastika qizlarga xos va mos sport turi hisoblanadi. Unda jismoniy tarbiya, musiqa va xoreografiya kabi qizlar tarbiyasi uchun muhim jihatlar mujassam. Gimnastika bilan shug‘ullanish qizlarni ham jismonan, ham estetik tarbiyalashga, ularning musiqa va raqsga qiziqishini oshirishga, go‘zalligi va didini shakllantirishga xizmat qiladi. Badiiy gimnastikaning musiqa bilan hamohangligi esa insonning ma’naviy dunyosini boyitadi. Shu ma’noda viloyat hokimi kubogi uchun o‘tkazilgan badiiy gimnastika musobaqasi ham yosh gimnastikachilarning ana shu jihatlarini yuksaltirishga yordam berdi, qolaversa, ularning imkoniyat, mahorat va iqtidorlarini sinovdan o‘tkazdi.

[gallery-9098]

Andijon sharidagi 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabida 2003-2018 yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida bir necha kun davomida o‘tkazilgan musobaqalarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mamlakatimizning barcha viloyatlari terma jamoalari tarkibida 650 nafar badiiy gimnastikachi qiz ishtirok etib, g‘oliblik uchun o‘zaro bahslashdi.

Yakka va jamoaviy yo‘nalishlarda qiziqarli va murosasiz bahslar asosida o‘tgan musobaqalarning yakuniy natijalariga ko‘ra, umumjamoa hisobida andijonlik badiiy gimnastikachilar birinchi o‘rinni egalladi.

Musobaqalarda ikkinchi o‘rin Toshkent shahri jamoasiga, uchinchi o‘rin esa qoraqalpog‘istonlik gimnastikachi qizlarga nasib etdi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari viloyat hokimligi tomonidan medal, diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA