Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonlik gimnastikachi qizlar g‘olib
13:48 / 2023-05-09

Andijon shahrida 4 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida Andijon shahar hokimi kubogi uchun badiiy gimnastika bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlanib, badiiy gimnastikani rivojlantirish, qizlar o‘rtasida uning ommaviyligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida Andijon shahar Sportning o‘yin turlari va yengil atletika sport turlariga ixtisoslashgan sport maktabida o‘tkazilgan musobaqada Qoraqolpag‘iston Respublikasi, shuningdek, mamlakatimiz viloyatlari jamoalari ishtirok etib, g‘oliblik uchun o‘zaro bahslashdi.  

[gallery-11811]

– Musobaqalarda jamoalar tarkibida turli yosh toifalari bo‘yicha  ming nafarga yaqin havaskor va sportchi gimnastikachi qizlar ishtirok etib, o‘z iqtidor va mahoratini namoyish etdi, – deydi turnir bosh hakami, Andijon shahar bolalar va o‘smirlar sport maktabining badiiy gimnastika bo‘yicha murabbiy Muxsina Foziljonova. – Ishtirokchilar nihoyatda chiroyli chiqishlari bilan sportning nafis turi hisoblangan badiiy gimnastikaning o‘ziga xos, nozik jihatlari, texnikasini puxta o‘zlashtirib olganliklarini ko‘rsata oldi. Yurtimizda mahoratli gimnastikachi qizlar safi tobora ortib borayotganligi quvonarlidir.  

Qiziqarli o‘tgan musobaqalarning yakuniy natijalariga ko‘ra, umumjamoa hisobida Andijon viloyati jamoasi birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Toshkent shahar jamoasi ikkinchi, namanganlik badiiy gimnastikachi qizlar uchinchi o‘rinni egalladi.  

Turnir g‘olib va sovrindorlari, shuningdek, turli nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshi deb topilgan ishtirokchilar diplom, tegishli medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

 

F. UBAYDULLAEV,  

Z. UMRZOQOV (foto),  

O‘zA