Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonlik chaqaloqlarga ko‘proq qanday ismlar qo‘yilmoqda?
16:15 / 2020-11-10

Dunyoga kelgan chaqaloqqa eng avvalo, chiroyli, go‘zal ism qo‘yish ota-onaning birinchi galdagi burchlaridan hisoblanadi. Bugun Andijonda tug‘ilayotgan yangi chaqaloqlarga ko‘proq qanday ismlar qo‘yilmoqda?

Davlat xizmatlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning shu davriga qadar viloyatda yangi tug‘ilgan o‘g‘il bola chaqaloqlarga Muhammadqodir, Muhammadayub, Muhammadali, Mustafo, qiz bolalarga esa Muslima, Xadicha, Soliha ismlari eng ko‘p qo‘yilgan ismlar bo‘lib turibdi.

Shuningdek, o‘g‘il bolalarga Imronbek, Abubakr, Abdulloh, qizlarga Imona, Imrona, Xadicha ismlarini qo‘yish ancha ommalashgan.

Albatta, aksariyat hollarda ism qo‘yishda xalqimizning azaliy an’anasi bo‘lgan oilaning kattalari - buva va buvijonlar fikrlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 

F.UBAYDULLAEV, O‘zA