Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonga yangi avtobuslar keltirildi
12:12 / 2021-06-21

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi oldidan

Andijon shahrida zamonaviy, yangi avtobuslar aholiga xizmat ko‘rsata boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz yillik bayrami oldidan Andijon shahri aholisi va mehmonlariga transport xizmati ko‘rsatish darajasini yuksaltirish maqsadida “Alpomish merosi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan “Aziastar” rusumli yangi, zamonaviy avtobuslar olib kelinib, qatnov yo‘lga qo‘yildi.

– So‘nggi yillarda mamlakatimizda aholiga transport xizmati ko‘rsatish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘lami va sifati tobora ortib bormoqda, – deydi “Alpomish merosi” MCHJ ta’sischisi Akmaljon Nurmatov. – Viloyat markaziga yangi avtobuslarning olib kelinishi ana shu ishlarga bir misoldir. Jumladan, kelgusida korxonamiz tomonidan yana 120 ta xuddi shunday avtobuslar keltirilishi rejalashtirilgan.

Ayni kunda 70 nafar yo‘lovchini tashish imkoniga ega, konditsioner, videokuzatuv kamerasi bilan jihozlangan, yumshoq va qulay yangi avtobuslar shaharning 1-raqam bilan yuruvchi “Aeroport — Shahar kasalliklar shifoxonasi” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanmoqda. Yo‘l kira bahosi ming so‘m etib belgilangan.

– Yangi, zamonaviy avtobuslar qatnovining yo‘lga qo‘yilganligi, ayniqsa, biz keksalar uchun qulay bo‘ldi, – deydi mehnat faxriysi Abdulhafiz Yo‘ldoshev. – Chiqib-tushish oson, ichi keng, qulay va o‘rindiqlari yumshoqligi, ayniqsa, konditsioner o‘rnatilganligi bilan menga ma’qul keldi, qolaversa, yo‘lkira bahosi ham arzon.

Andijonda aholiga transport xizmati ko‘rsatish tizimida olib borilayotgan bu kabi ibratli ishlardan, yaratilayotgan qulayliklardan yurtdoshlarimiz behad mamnun bo‘lmoqda.

F.Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA