Andijon shahrida zamonaviy, yangi elektrobuslar xizmat ko‘rsata boshladi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda aholiga transport xizmati ko‘rsatish sifatini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Andijonga yangi avlod elektrobuslarining olib kelinishi ana shu yo‘nalishdagi ishlarning uzviy davomi bo‘ldi.
Aholiga sifatli, qulay va ekologik toza transport xizmati ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan “SAMBELL” rusumidagi zamonaviy elektrobuslar viloyatga bosqichma-bosqich olib kelinib, shahar yo‘nalishlariga qo‘yilmoqda.
[gallery-26748]
O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov hamda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov yangi qurilgan elektrobuslar parkida bo‘lib, tashkilot faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Viloyatga jamoat transportini rivojlantirish, ekologik toza transport vositalaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilishini ta’kidladi.
Ta’kidlash kerak, yangi avlod elektrobuslari ekologik tozaligi, ya’ni atmosferaga zararli moddalar chiqarmasligi, shuningdek, iqtisodiy samaradorligi bilan qator afzalliklarga ega.
Yangi elektobuslar Andijon shahar yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlana boshladi. Aholiga transport xizmati ko‘rsatish tizimida olib borilayotgan bu kabi ishlardan, yaratilayotgan qulayliklardan shahar ahli behad mamnun.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/p-ANVBm9f0k?si=aY6BYMZ4pDotS6vC" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari