Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonga navbatdagi elektrobuslar keltirildi (+video)
11:53 / 2026-02-02

Andijon viloyatida jamoat transporti tizimini modernizatsiya qilish ishlari izchil davom etmoqda. Viloyatga navbatdagi 40 ta zamonaviy, ekologik toza elektrobus olib kelindi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, qulay va xavfsiz jamoat transportini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda Andijon viloyatida ham Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan “SAMBELL” rusumidagi yangi avlod elektrobuslari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Ma’lumki, o‘tgan yilning dekabr oyida viloyatga elektrobuslarning ilk partiyasi keltirilgan edi. Endilikda yana 40 ta ekologik toza elektrobus olib kelinib, yangi tashkil etilgan 2-elektrobus parki negizida shahar yo‘nalishlariga chiqarish uchun tayyor holga keltirildi.

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov mazkur elektrobus parkida bo‘lib, uning faoliyati bilan tanishdi hamda navbatdagi elektrobuslarni qabul qilishga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi. Tadbirda jamoat transportini yanada rivojlantirish, aholi uchun qulayliklar yaratish, ekologik toza transport vositalaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

[gallery-27420]

Andijonga olib kelingan yangi avlod elektrobuslari atmosferaga zararli moddalar chiqarmasligi, iqtisodiy samaradorligi va ekspluatatsiya qulayligi bilan ajralib turadi. Ularning joriy etilishi shahar aholisiga ko‘rsatilayotgan transport xizmati sifatini yanada yaxshilaydi. 

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/0CjX4XaVWjs" title="Andijonga navbatdagi elektrobuslar keltirildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (foto), O‘zA muxbirlari